Koronavirusdan zararlangan qozog‘istonlik ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirdi
Olam
−
10 aprel 2020
2910Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasining tezkor shtabi axborotiga ko‘ra, mamlakatning Qizilo‘rda viloyatida koronavirus bilan kasallangan fuqaro farzand dunyoga keltirdi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq COVID-19 ga tekshirildi.
Bosh shtabga ko‘ra, ayol 8 aprel kuni tug‘uruqxonaga “to‘liq homiladorlik va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning belgilari” tashxisi bilan olib kelingan. Kuzatuv paytida tana harorati 38,1 darajaga ko‘tarilgan, koronavirus uchun topshirilgan test ijobiy natija bergan.
“Tug‘uruq jarayoni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘tdi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq kyuvezga joylashtirildi. Uning og‘irligi 2970,0 gramm, bo‘yi 51 santimetr. Bolaning ahvoli qoniqarli”, deyiladi xabarda. Ayol koronavirusdan davolanishni davom ettirish uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Chaqaloq tug‘ilishida qatnashgan tibbiy navbatchilar guruhi yaxshi himoyalangan vositalardan foydalanishgan va ular navbatchilikdan keyin ikki haftalik uy karantiniga olingan.
LiveBarchasi