Koronavirusdan vafot etganlar soni 1,5 milliondan oshdi

Olam

image

Dunyo bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 1,5 milliondan oshdi. Bu haqda "Worldometers" ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 

Ayni vaqtga qadar dunyoda koronavirus tashxisi qo‘yilganlarning 1 million 501 ming 535 nafari vafot etgan. Bundan tashqari, pandemiya boshlanganidan beri aniqlangan koronavirus bilan bog‘liq holatlar soni 65 millionga yaqinlashmoqda. Hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkich 64 million 948 ming 823 tani tashkil etmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlari COVID-19 bilan bog‘liq infeksiyalar va o‘lim soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda 14 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan. 279 mingdan ortiq odam vafot etgan. 8,4 milliondan ko‘p bemor sog‘aygan.

Hindiston esa dunyoda koronavirusga chalinish holati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda 9,5 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. 138,6 mingdan ko‘p bemor vafot etgan. Qariyb 9 million bemor sog‘aygan. 

Koronavirus yuqtirish holati bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni Braziliya egallaydi. Mamlakatda 6,4 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. 174 mingdan ko‘p bemor vafot etgan. Deyarli 5,7 million bemor sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing