Koronavirusdan vafot etganlar qariyb 100 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu rasman e’lon qilingan 99-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 55 yoshli R.Sh.da (erkak) joriy yil 19 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya, semizlik 3 daraja kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing