Koronavirusdan umrbod himoya qiluvchi vaksina qachon yaratilishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaponiyalik olimlar doimiy immunitet hosil qiladigan koronavirus vaksinasini yaratish ustida ishlamoqda, Nobelpharma farmatsevtika kompaniyasi 2023 yilda preparatning klinik sinovlarini o‘tkazmoqchi. Bu haqda Tokio tibbiyot tadqiqotlari instituti tadqiqotchisi Mitinori Koxara “Japan Times” nashriga ma’lum qilgan.  

Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan vaksinalar koronavirusga qarshi vaqtinchalik immunitetni ta’minlaydi, bu esa qayta emlashni talab qiladi. 

2020 yil bahorida pandemiya boshlanganidan so‘ng, Koxara boshchiligidagi bir guruh olimlar 1796 yilda ishlab chiqilgan chechakka qarshi vaksinadan COVID-19 ga qarshi vaksina yaratishda foydalanish imkoniyatini o‘rganishga kirishdi. Olimlar ushbu namunani insonlar uchun zararsiz vaksina virusiga asoslangani, vaksina samarali ekani va bir komponentli ekani isbotlangani sababli tanlagan. Tadqiqotchilar 2020 yil aprel oyida COVID-19 ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusining rekombinant boshoqli oqsilli vaksina virusi ustida ishlashni boshlagan. 

“Qush grippi bilan kasallangan sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar antitanachalarning yuqori darajasini ko‘rsatdi, ular 20 oydan ortiq yoki sichqonchaning deyarli butun umri davomida saqlanib qolgan. Barcha kasallangan va emlangan sichqonlar tirik qoldi, emlanmaganlar o‘ldi”, degan olim. 

Makakalar ustida o‘tkazilgan tajribalar vaksinaning pnevmoniyaga qarshi himoya hosil qilish qobiliyatini tasdiqlagan. Tadqiqotchilar, shuningdek,   emlangan hayvonlarning o‘pkasidagi virus miqdori infeksiyadan yetti kundan keyin aniqlanadigan darajadan pastga tushganini aniqlagan. 

Olimning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyaning Nobelpharma farmatsevtika kompaniyasi 2023 yilda vaksinaning klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi bosqichlarini rejalashtirgan, bunda COVID-19 vaksinalari bilan emlangan va tuzalib ketgan 150-200 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. 

“Agar klinik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, ularning uchinchi bosqichi 2024 yilda bozorlarga tezroq kirish maqsadi bilan darhol boshlanadi”, degan Koxara. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan vaksina ikki komponentli bo‘lishi mumkin. U bir martalik dozadan so‘ng samarali bo‘ladi, lekin uch hafta oralig‘ida berilgan ikki doza virusni zararsizlantiradigan antitanachalar sonini o‘n barobar oshiradi. 

Koxaraning ta’kidlashicha, vaksina kamroq yon ta’sirga ega bo‘lishi mumkin, chunki u ikki asrdan ko‘proq vaqtdan beri ma’lum bo‘lgan chechakka qarshi vaksina asosida ishlab chiqilmoqda. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil oxiriga kelib, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab qariyb 282 million kishi koronavirus bilan kasallangan, 5,4 million kishi vafot etgan. Shifokorlar deyarli 8,7 milliard dozada COVID-19 vaksinasidan foydalangan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing