Koronavirusdan to‘lov evaziga davolanish taklif qilindi

Olam

image
Koronavirus tarqalishi qachon to‘xtaydi? north_east

Koronavirus tarqalishi qachon to‘xtaydi?

Singapurda qisqa muddatga mamlakatga kelgan sayyohlar uchun yangi tibbiy xizmat taklif qilinmoqda. Bu xizmat koronavirus aniqlangan sayyohlar uchun bo‘lib, davolash to‘lov evaziga amalga oshiriladi.  

Hozirda xizmat narxi ma’lum qilinmadi. Singapur fuqarolari va uzoq muddatga mamlakatga kelgan chet elliklarni davolash esa davlat hisobidan amalga oshiriladi. 

Kecha, 9 mart kuni mamlakatda 10 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bugungacha mamlakatda koronavirus bilan kasallangan 160 kishi aniqlangan. Ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir. Bemorlarning 93 nafari tuzalgan. Virus sabab vafot etish holati qayd etilmagan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab virus bilan kasallanganlar soni 116 456 nafarga yetgan. 4 091 nafar bemor vafot etgan. Bu virusdan tuzalganlar soni esa 64 750 kishini tashkil qilmoqda. Bemorlarning 5 789 nafari yoki 12 foizi og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Singapur Koronavirus Tibbiy xizmat

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing