Koronavirus tarqalishi qachon to‘xtaydi?

Olam

image
Shifokorda koronavirus aniqlangani sabab butun boshli klinika yopildi north_east

Shifokorda koronavirus aniqlangani sabab butun boshli klinika yopildi

Uhanda tarqalishni boshlagan koronavirus infeksiyasi iyun oyining boshiga qadar dunyo bo‘ylab "sayohatini" tugatadi. Bunday taxminni Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining maxsus eksperti Chjan Nanshan ta’kidlab o‘tdi.

Nanshan so‘zlariga ko‘ra, koronavirus epidemiyasi 2020 yil iyun oyiga qadar butun dunyo bo‘ylab tarqalishni davom ettiradi. Shuningdek, endi Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashda diqqatni mamlakat tashqarisidan keladigan xavfga  qaratishini ma’lum qildi. 

Bu virusni o‘chog‘i fevral oyi oxirigacha Xitoy bo‘lib turgan edi. Hozir esa Janubiy Korea, Italiya va Eron epidemiyaning asosiy o‘chog‘i hisoblanadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus bilan kasallanganlar soni 111 318 nafarga yetgan. 3 882 nafar bemor vafot etgan. Bu virusdan tuzalganlar soni esa 62 661 tani tashkil qilmoqda. Bemorlarning 5 979 nafari yoki 14 foizi og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Xitoy Italiya Koronavirus Janubiy Korea

Baholaganlar

1863

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing