Koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Jamiyat

image

Bugun, 12 avgust kuni O‘zbekistonda 671 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bir sutkada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida jami 1 569 nafar bemor sog‘ayib, rekord natija qayd etildi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 32 654 nafar bemordan 25 659 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 6 784 nafar bemordan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

756

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing