Koronavirusdan sog‘aygandan keyingi asoratlar qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

Koronavirusdan sog‘aygandan so‘ng sobiq bemorlarda isitmasiz va balg‘amsiz yo‘tal kuzatilishi mumkin. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari bir nechta omillarga bog‘liq. Insonning immuniteti va surunkali kasalliklar shular jumlasidandir.

Sog‘aygandan keyin bir necha hafta davomida quyidagi asoratlar uchrashi mumkin:

  • tez yurish, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zo‘riqqanda nafas qisilishi;
  • isitmasiz va balg‘amsiz yo‘tal;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi.

"Shuning uchun davolangandan so‘ng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak", deydi Nurmat Otabekov.


Maqola muallifi

Teglar

AOKA Koronavirus

Baholaganlar

1081

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing