Koronavirusdan sog‘aygan Tramp prezidentlik uchun harakatni boshladi
Olam
−
12 Oktabr 2020
3536AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 12 oktyabr kuni saylovoldi mitingda so‘zga chiqadi. Bu Trampda koronavirus aniqlangandan keyingi birinchi chiqish bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Oq uy tomonidan tarqatilgan jadvalga asoslanib xabar berilgan.
Tadbir Florida shtatining Senford shahrida bo‘lib o‘tadi. U mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Avvalroq Trampning o‘zi ham Twitter sahifasida saylovoldi miting o‘tkazilishini tasdiqlagan edi.
"Ertaga kechqurun Floridada ko‘rishguncha. Katta miting!" deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, Amerika rahbarida endi virusni boshqalarga yuqtirish xavfi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, 2 oktyabrga o‘tar kechasi Tramp va uning rafiqasi Melaniyada koronavirus aniqlangan edi.
Keyin davlat rahbari Merilend shtatidagi Uolter Rid nomli tibbiyot markaziga yotqizildi. 5 oktyabr kuni esa Tramp shifoxonadan chiqib, Oq uyga qaytib keldi.
LiveBarchasi