Koronavirusdan sog‘aygan Qirg‘iziston fuqarolari jiddiy shikoyat bilan chiqishdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasida koronavirusdan sog‘aygan odamlar ularni shifoxonada davolashmaganidan shikoyat qilishdi. Bu masalaga Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Sobirjon Abdikarimov o‘z munosabatini bildirdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallik simptomlarsiz o‘tgan bo‘lishi mumkin. Ammo virus tanada mavjud bo‘lib, bu boshqalar uchun xavflidir. 

“Odam o‘zini yomon his qilmasligi mumkin, ammo virus uning organizmida bo‘ladi. Ba’zi odamlar, ularga hech qanday dori berilmaganidan shikoyat qilyapti. Bu haqiqat emas. Ayniqsa, hamma narsaga ishonuvchan odamlar yolg‘on ma’lumot tarqatishyapti", deydi Sobirjon Abdikarimov.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning Axsi tumanida tug‘ilgan Gulzat Satilganova ijtimoiy tarmoqda uni hech kim davolamaganini aytib, video tarqatgan. Uning ma’lum qilishicha, televizorda uni davolashgani haqida yolg‘on xabar berishgan.

"Men 14 kun karantinda yotdim. Televizorda uch kishi davolanganini ko‘rsatishdi. Ularni 14 kun davomida davolashgani haqida ma’lumot berishdi. Bu yolg‘on va tuhmat. Men 14 kun davomida hech qanday dori yoki in’eksiya qabul qilmadim. Shunchaki kuzatuvda yotdim. Hammasi yolg‘on, Axsida kasallik yo‘q. Hech kimga ishonmang”, deydi Gulzat videoda.

Eslatib o‘tamiz, olimlar koronavirus aniqlangan bemorlarda kasallik simptomlarsiz o‘tishi ham mumkinligi haqida ma’lumot bergan edilar. Ushbu holat organizmga kirgan virus miqdori va odamning immunitetiga bog‘liq hisoblanadi. Simptomlar kuzatilmasa ham karonavirus yuqtirgan odam virus tashuvchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Koronavirus Yolg'on ma'lumot

Baholaganlar

1331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing