Virusga chalinganlar orasida “jim tashuvchilar” bor – Xitoy tadqiqoti

Olam

image

Koronavirusga chalingan har uchinchi shaxsda uning simptomlari kuzatilmaydi. Shu sabab u o‘zini virusdan zararlanganini bilmaydi. O‘z navbatida, boshqalar ham bundan bexabar bo‘ladi. Bu haqda South China Morning Post (XXRda bosiladigan ingliz tilidagi nashr) Xitoy rasmiylaridan olingan hujjatlarga asoslanib yozmoqda.

Xitoyda fevral oyi yakunida koronavirusga chalingan 43 ming bemorda kasallikning hech qanday simptomlar kuzatilmagan. Garchi ular karantinga olinib, qat’iy rejimda nazorat qilingan bo‘lsa-da, infeksiyaga chalinganlar ro‘yxatiga kirmagan.

Xitoy 7 fevral kuni faqat simptomlar kuzatilgan odamlarni bemor sifatida qabul qilishga qaror qildi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, ular bilan aloqada bo‘lgan barchani tekshiruvdan o‘tkazdi. Aynan mana shu chora-tadbirlar sabab yuqoridagi ma’lumotlar to‘plandi.

Xitoy yondashuvi, ya’ni ommaviy testdan o‘tkazish virus tarqalishining samarali cheklanishiga olib keldi. Faqat bemorlar sinovdan o‘tgan Yevropa va Shimoliy Amerikada kasallik borgan sari keng yoyilib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga 81 620 nafar odam chalindi. 76 571 bemor shifo topgan bo‘lsa, 3 322 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing