Xitoyda dronlar fermerlarning daladagi yordamçisiga aylandi
Olam
−
18:10 374 2 daqiqa
Xitoyda qişloq xöjaligida qöllanadigan dronlarning vazifalari tobora kengaymoqda. Ilgari ular asosan ekinlarga zararkunandalarga qarşi vositalar sepişda işlatilgan bölsa, hozir ösimliklar holatini kuzatiş, qişloq xöjaligi mahsulotlari va yiğib olingan hosilni taşişda ham qöllanilmoqda. Bu haqda “Global Times” naşri xabar berdi.
Soha ma’lumotlariga köra, ekinlarni himoya qilişda dronlardan foydalaniş qöl mehnatiga nisbatan iş unumdorligini 20 baravardan köproq oşiriş imkonini beradi. Bunda işlov beriş uçun sarflanadigan suv miqdori 50 foizdan ziyod, pestitsidlar sarfi esa 20–40 foizga kamayadi.
Şu tariqa dronlar Xitoyda ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilişda qöllanadigan asosiy texnik vositalardan biriga aylangan.
Qişloq xöjaligida dronlar bilan bir qatorda robotlar va boşqa “aqlli” maşinalardan foydalaniş ham kengaymoqda. Ular turli yumuşlarni avtomatlaştiriş, işlarni öz vaqtida bajariş va hosildorlikni oşirişga xizmat qilmoqda.
Soha mutaxassislarining ta’kidlaşiça, past balandlikda işlaydigan uçuvçisiz apparatlar asta-sekin tajriba tariqasida qöllanadigan yangilikdan odatiy iş quroliga aylanmoqda. Fermerlarga maxsus xizmat körsatuvçi taşkilotlar ham bunday texnikani kundalik faoliyatiga kiritmoqda. Bu xarajatlarni kamaytiriş va agrar tarmoqni zamonaviylaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Avval qölda bajarilgan ayrim yumuşlar ham dronlarga topşirilmoqda. Masalan, ular ekinlarni suğoriş, toğ yonbağirlaridagi boğlardan apelsinlarni taşib tuşiriş va dalalarni közdan keçirişda qöllanmoqda. Ayniqsa, katta texnika yetib borişi qiyin bölgan hududlarda bunday apparatlar qulaylik yaratmoqda.
Xitoy Xalq universiteti professori Çjou Li bu jarayonni bir neçta omil bilan izohlagan. Uning ta’kidlaşiça, qişloqlarda işçi kuçiga ketadigan xarajatlar oşib borayotgani texnikaga talabni kuçaytirmoqda. Şu bilan birga, mahalliy işlab çiqaruvçilar dronlarni takomillaştirib, ularning narxini pasaytirmoqda. Natijada bunday apparatlar kiçik fermerlar va kooperativlar uçun ham qulayroq bölib bormoqda.
Live
Barchasi