Xitoy birinçi marta CERES-2 raketa taşuvçisini muvaffaqiyatli uçirdi
Texnologiya
−
19:22 361 2 daqiqa
Xitoyning Galactic Energy kompaniyasi öz işlanmasi bölgan yangi CERES-2 raketa taşuvçisining birinçi muvaffaqiyatli parvozini amalga oşirdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Xitoy bugun, 7 noyabr kuni törtta sun’iy yöldoş ortilgan CERES-2 Y3 raketa-taşuvçisini uçirgan.
Raketa taşuvçining parvozi Pekin vaqti bilan soat 7:37 da Xitoyning şimoli-ğarbidagi Szyutsyuan kosmodromida start olgan va sun’iy yöldoşlarni 535 km balandlikdagi quyoş-sinxron orbitaga olib çiqqan.
Şu tariqa, uşbu parvoz CERES-2 raketa taşuvçisining birinçi muvaffaqiyatli missiyasi bölgan.
Ma’lumot uçun, CERES-2 tijoriy parvozlar bozori ehtiyojlari uçun işlab çiqarilgan örta hajmli raketa taşuvçi hisoblanadi. CERES seriyasining takomillaştirilgan modeli bölgan mazkur raketa taşuvçi ketma-ket ulangan uçta qattiq yoqilğili bosqiç va suyuq yoqilğili yuqori blok konfiguratsiyasiga ega. Raketaning start oğirligi taxminan 100 tonnani, 500 km balandlikdagi quyoş-sinxron orbitaga çiqarişdagi yuk kötariş qobiliyati esa 1,3 tonnani taşkil etadi. Bunda uşbu raketa taşuvçi ham quruqlikdan, ham dengizdan parvozning turli usullarini qöllab-quvvatlaydi.
Eslatib ötamiz, raketaning joriy yil 17 yanvar kuni bölib ötgan birinçi parvozi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr