Xitoyda bir kunda 2 ta raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz tugadi

Olam

image

Xitoyda bir sutka ichida sun’iy yo‘ldoshlar bilan amalga oshirilgan ikki raketa uchirilishi ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Bu haqda bugun, 17 yanvar kuni “China Daily” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, birinchi holatda uchirish ishlarini Galactic Energy xususiy kompaniyasi amalga oshirgan. Ceres-2 raketasi havoga ko‘tarilgan, biroq startdan ko‘p o‘tmay halokatga uchrab, to‘liq yo‘q bo‘lib ketgan. Qayd etilishicha, bu ushbu modeldagi raketaning ilk parvozi bo‘lib, uning yordamida orbitaga oltita sun’iy yo‘ldosh chiqarish rejalashtirilgan.

Ikkinchi holatda esa Shijian 32 sun’iy yo‘ldoshini olib ketayotgan “Chanchjen-3B” (“Buyuk yurish”) raketasi qulagan. Hodisalarning sabablari va yetkazilgan ehtimoliy zarar haqida hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘rt nafar astronavt favqulodda holat sababli Xalqaro kosmik stansiyadan (ISS) muddatidan avval Yerga qaytgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy sun'iy yo'ldosh raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing