Koronavirusdan ko‘proq himoyalangan qon guruhi ma’lum qilindi
Salomatlik
−
12 iyun 2020
47038Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari birinchi qon guruhi egalarini koronavirus infeksiyasidan ko‘proq himoyalangan deb topdilar. Mutaxassislar o‘zlarining xulosalarini "23andMe" veb-saytida e’lon qilishdi.
Tadqiqotda 750 ming bemor ishtirok etdi, ularning 10 mingiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tadqiqot davomida birinchi qon guruhi bo‘lgan odamlar orasida koronavirus bilan kasallanish darajasi 9-18 foizga pastligini aniqladilar.
Ta’kidlanishicha, koronavirus uchinchi va to‘rtinchi qon guruhlari egalarida ko‘proq uchraydi. Tadqiqotda qatnashgan ushbu guruh egalarining 1,5 foizida koronavirus aniqlangan. Ikkinchi qon guruhli odamlarda bu ko‘rsatkich 1,4 foizni, birinchi qon guruhli odamlar orasida esa bu ko‘rsatkich 1,3 foizni tashkil etdi.
Avvalroq, italiyalik virusolog koronavirus zaiflashayotgani haqida aytib o‘tgan edi.
LiveBarchasi