Koronavirusdan emas, yo‘llardagi avariyalardan odamlar ko‘p o‘lib ketyapti – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
26 yanvar 2022
6279O‘zbekistonda odamlar koronavirusdan ko‘ra yo‘llardagi transport hodisalaridan ko‘proq halok bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Har oy menga har ko‘cha va har mahallada nega YTH bo‘layotgani sabablari haqida hisobot berasizlar. Yo‘llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun, harakatlarni boshqarishni to‘liq raqamlashtirishi zarur”, degan davlat rahbari.
Prezident umuman, haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolganini ham tanqid qilgan.
“Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Biz o‘qiganimizda 3 yil haydovchilikka o‘qitgan. Hozir darsga bormay pul berib guvohnoma olyapti. Nimaga? O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?”, degan Prezident.
Shavkat Mirziyoyev bu muammoni bartaraf qilish uchun avvalo o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha bir oy muddatda qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
LiveBarchasi