Koronavirusdan himoyalanish uchun dori ichish kerakmi?

Jamiyat

image

Koronavirusning profilaktikasi uchun hech qanday dori yo‘q. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

Koronavirusdan himoyalanish uchun profilaktik dori ichish kerakmi?

"Koronavirusning medikamentoz profilaktikasi yo‘q!

Kasallikni oldini olishning yagona yo‘li — karantin choralariga rioya qilish. Immunitetni ko‘tarish uchun esa jismoniy faollik kerak", deydi Sevara Ubaydullayeva.

Nega O‘zbekistonda antitanachalarga ommaviy test o‘tkazilmayapti?

"Hozirgi kunga qadar koronavirusni aniqlash va davolash va muloqotda bo‘lganlarni karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik. Antitanachalar davolanib chiqqan bemorlarda paydo bo‘ladi.

Aholi orasida IFA tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda", deydi Sevara Ubaydullayeva.

Nogironligim bo‘yicha sanatoriyda davolanishim uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘rashyapti. Men pul to‘lab tekshiruvdan o‘tamanmi?

"Epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining buyrug‘iga asosan, koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili bugungi kunda bepul qilinadi.", deydi Sevara Ubaydullayeva

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3333 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 2636 nafari sog‘aygan. 14 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing