Koronavirusdan hatto Prezidentlar ham qo‘rqyapti (video)

Olam

Navoiy yotgan zamindagi 40 yillik urush. Dunyo nega Karimovning ogohlantirishini jiddiy qabul qilmagandi? (3-qism) north_east

Navoiy yotgan zamindagi 40 yillik urush. Dunyo nega Karimovning ogohlantirishini jiddiy qabul qilmagandi? (3-qism)

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida paydo bo‘lib, butun dunyoga yoyilgan koronavirus ayni vaqtda davlat rahbarlariga ham xavf tug‘dirmoqda. Rasmiy uchrashuvlarda mamlakatlar rahbarlari qo‘l berib so‘rashish odatidan voz kechmoqdalar. Huddi shunday voqea kecha, 10 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yuz berdi. 

Erdo‘g‘an Bryusselda NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qilgan. Uchrashuv so‘ngida Erdo‘g‘an va Stoltenberg ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilgan. Anjumandan so‘ng suratga tushish jarayonida Prezident Erdo‘g‘an odatga ko‘ra qo‘l uzatmay, o‘ng qo‘lini chap ko‘kragi ustiga bosgan va “korona” deya virus yuqishi mumkinligiga ishora qilgan. 

Stoltenberg Erdo‘g‘anga qo‘lini uzatgach, kafti muallaq qoldi va u ham Turkiya rahbarining harakatlarini davom ettirib, o‘ng qo‘lini bir necha bor chap ko‘kragi ustiga urib qo‘ydi. 

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungacha 115 davlatga kirib bordi. Undan halok bo‘lgan 4027 nafarga, kasallanganlar 114 458 nafarga yetdi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Yens Stoltenberg koronavirus

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing