Koronavirus yuqtirmaslik uchun avtomobildan qanday foydalanish zarur?

Texnologiya

image

Karantin davrida shaxsiy avtomobil ko‘plar uchun harakatlanishning yagona vositasiga aylandi. Biroq ba’zi ehtiyot choralariga rioya qilish zarar qilmaydi.

Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, avvalo, eshik tutqichlariga e’tibor qaratish zarur. Chunki ularni ko‘pchilik ushlaydi. Shu sabab tutqichlarni antiseptik yordamida o‘ta ehtiyotkorlik bilan artish kerak. Avtomobil saloniga kirishdan oldin quyidagi qoidalarga amal qiling:

- Eshikni oching;
- Eshik tutqichini ushlagach, qo‘llaringizni spirtli antiseptik bilan dezinfeksiyalang;
- O‘tiring va shundan keyin buyumlarni ushlang.

Ushbu qoidaga nafaqat haydovchilar, balki yo‘lovchilar ham birdek amal qilishi lozim.

Avtomobillar masalasiga kelsak, mutaxassislar ularni tozalashda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va AQSH Kasalliklarni nazorat qilish markazlarining tavsiyalariga e’tibor berishni maslahat berishdi. Quyidagi vositalar mashinalardagi koronavirusni o‘ldiradi:

- Suv va sovun

- Maishiy oqartirish vositalari

- Tarkibida 70 foizdan yuqori bo‘lgan suyuqliklar

“Oqartirish vositalarini avtomobil ichki qismida ishlatish mumkin emas - ular qoplamadagi har qanday materialni buzishi va plastmassaga zarar yetkazishi mumkin. Sovunli aralashma bilan mato yoki charmli salonni tozalash mumkin. Buni kechki payt amalga oshirgan ma’qul. Chunki u kunduzi qurimasligi va natijada sifatsizlanishga olib keladi. Spirtli antiseptik bilan avtomobilning barcha plastik qismlarini tozalasa bo‘ladi”, deb maslahat berdi mutaxassislar.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing