Koronavirus yuqtirganlikning belgilari qanday?
Salomatlik
−
16 mart 2020
160987Koronavirus bilan og‘riganlar ayni vaqtda dunyo bo‘ylab 170 852 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 6526 nafari vafot etdi. Kasallikni ortda qoldirib, sog‘lom hayotga qaytganlar esa 77 790 kishga yetdi. Bemorlarning 5927 nafari yoki 7 foizi og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda ayni vaqtgacha ushbu virus bilan xastalanganlar 6 kishini tashkil etmoqda. Ularning 5 nafari bir oila a’zolari.
Xo‘sh, butun dunyoga xavf tug‘dirayotgan ushbu virusning asosiy belgilari qanday? Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shunday deydi:
“Koronavirus kasalligining belgilari namoyon bo‘lmaydigan vaqt – maksimum 14 kun. Bu JSST tomonidan ma’lum qilingan. 5 kundan 9 kungacha kasalliklar alomatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Shuning uchun 14 etib belgilangan.
Ushbu kasallik oddiy grippga, respirator virusli infeksiyaga juda o‘xshash. Shundan kelib chiqib, 130 dan ortiq mamlakatlarda olib borilgan kuzatuvlar natijasi quyidagicha:
Birinchi belgi – tana haroratining ko‘tarilishi;
Ikkinchi belgi – quruq yo‘tol;
Uchinchi belgi – nafas olishning qiyinlashishi;
To‘rtinchi belgi – xorijga chiqqani yoki xorijliklar bilan muloqotda bo‘lgani”.
Bugun, 16 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi.
Ushbu markaz orqali fuqarolar koronavirus infeksiyasi yoki o‘zlari va yaqinlari salomatligi bilan bog‘liq savollarga javob, mutaxassislardan tavsiyalar olishlari mumkin.
Call-markaz tunu kun xizmat qiladi.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi