Koronavirus yengil va alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga dorilar kerak emas – mutaxassis

Jamiyat

O‘rganishlar koronavirusning yengil va alomatlarsiz shakliga chalingan bemorlar ko‘p hollarda kuchli dorilarni qabul qilib, ahvolini og‘irlashtirib yuoborayotganini ko‘rsatyapti. Virusolog Ra’no Qosimova "Tez yordam" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida shu haqda ma’lumot berdi.

"Tadqiqotlardan bilamizki, bu kasallik 70-80 foiz holatda yengil yoki o‘rta og‘irlikda kechadi. Kasallik yengil va alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga dorilar kerak emas ekan. Biz immukitetimizga kasallikni yengishga yo‘l qo‘yib berishimiz kerak ekan. 

Lekin hozir aholi vahimada qolmoqda. Shifokorlar ham kasllik yangi bo‘lgani uchun qo‘rqishadi. Isitma ko‘tarilib ketganda, o‘zini yomon his qilganda yoki biror yaqinini yo‘qotib qo‘yganda xavotir kuchayib ketmoqda", deydi Qosimova kasallikka umumiy tarif berarkan.

U bemorlar ko‘p hollarda o‘zining ahvoli o‘zi og‘irlashtirayotganini ta’kidlamoqda. Natijada esa kasallikning yengil shakliga chalingan bemorning ahvoli og‘irlashib, statsionarga o‘tkazilishi kerak bo‘lyapti.

"Bemorlar boshqalar qabul qilgan dori vositalarini ichishmoqda. Bu esa ularning holati yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda. Oxirgi haftada 20-25 nafar bemorni ko‘rdim. Davolangan bemorlarni ham ko‘rdim. Ular kasallikning birinchi kunlaridan osma ukol, deksametazon, natriy xlor, ikkitadan antibiotik kabi dorilarni qabul qilishgan. Bemorlar normada kechayotgan jarayonni o‘zi buzib qo‘yyapti.

Tajriba esa vaqtida suv ichib, to‘g‘ri ovqatlangan, yetarli miqdorda vitaminlar iste’mol qilgan bemorlarning 70-80 foizida koronavirus pnevmoniya shakliga o‘tmasdan yengil shaklda o‘tayotganini ko‘rsatmoqda.

Antibiotik qabul qilishi natijasida diareya va ko‘ngil aynishi kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlardan ham bemorlarga dori yoki gormon berishdan oldin bemorning holatini yaxshilab o‘rganishi va agar zarur bo‘lsa, kerakli preparatlarni tavsiya qilishi mumkin, lekin kasallikning birinchi kunidan emas.

Agar kasalligi yengil o‘tadigan 70-80 foiz bemorga birinchi kundanoq statsionar sharoitda ishlatiladigan dorilarni qo‘llasak, ularning yarmi statsionar sharoitiga ko‘chirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin", deydi mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Ra'no Qosimova

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing