Koronavirus: Yangi kasallanganlarning qariyb 500 nafari aholi orasida qayd etildi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
14115Bugun, 20 iyul kuni O‘zbekistonda 562 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 63 nafari Karantin muassasalarida, 499 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Buxoro hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 184 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 314 nafar bemordan 9 463 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 7 760 nafar bemordan 79 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 62 361 nafar, statsionar karantinda esa 24 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi