Koronavirus va pnevmoniya: 1200 nafar bemor aniqlanib, 5 kishi vafot etdi

Jamiyat

−

image

Kecha, 22 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122786 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 738 kishida koronavirus va 462 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 76 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 85 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 65 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 21 nafari Xorazm viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 58 nafar,
  • Buxoro viloyatida 30 nafar,
  • Jizzax viloyatida 66 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 29 nafar,
  • Namangan viloyatida 32 nafar,
  • Samarqand viloyatida 50 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 18 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 35 nafar,
  • Toshkent viloyatida 69 nafar,
  • Toshkent shahrida 139 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 117303 (+548) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 819 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing