Koronavirus uy hayvonlarida ham aniqlandi

Olam

image
Xotirjam bo‘lishga asos yuq – SSVda koronavirus xavfi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi north_east

Xotirjam bo‘lishga asos yuq – SSVda koronavirus xavfi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Gonkong mutaxassislari yangi koronavirus odamdan uy hayvoniga yuqishi mumkin bo‘lgan birinchi holatni o‘rganmoqda. Dastlabki sinovlarda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan odamga tegishli bo‘lgan itning tanasida infeksiya belgilari aniqlandi. Bu haqda TASS ma’lum qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, egasi kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng, it hayvonlar uchun maxsus karantin markaziga joylashtirilgan. Tahlillar uning tanasida yangi turdagi koronavirus borligini ko‘rsatgan. Biroq itda kasallik alomatlari sezilmagan.

"Hozirda Departamentda hayvonlarning COVID-19 virusi yuqishi yoki uning odamlar uchun manbai bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida dalillar yo‘q", deyiladi agentlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, veterinariya shifokorlari itning holatini kuzatishni davom ettirmoqda va takroriy testlarni o‘tkazmoqda.

Hozirgi vaqtda Gonkongda yangi koronavirus yuqishining 93 holati tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus uy hayvonlari

Baholaganlar

219

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing