Koronavirus Tojikistonda: virus yuqtirganlar 1322 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 16 may holatiga Tojikistonda koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 1322 nafarga yetdi. Bir sutkada 204 ta COVID-19 bilan zararlanish holati qayd etildi.

O‘tgan sutka davomida koronavirus yuqtirgan 3 kishi vafot etdi. Jami qurbonlar soni 36 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda koronavirus masalalari bo‘yicha yagona milliy portal.

Mamlakatdagi shifoxonalarda jami 4 ming 326 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh mutaxassisi Gafhar Saidmuradova  koronavirus tezlik bilan tarqalayotganini hisobga olib, hech bo‘lmaganda 1 oy muddatga karantin e’lon qilish kerakligini ta’kidlayapti. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, hozir bu taklif tegishli davlat idorasiga ko‘rib chiqish uchun bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Tojikistonda

Baholaganlar

455

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing