Koronavirus tashvishi. Boris Jonson yana o‘zini yakkaladi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirus sababli yana o‘zini yakkalash rejimiga o‘tdi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Jonson koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 12 noyabr kuni siyosatchi bir guruh deputatlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. 

Uchrashuvda ishtirok etgan deputatlardan biri Li Andersonga esa biroz vaqt o‘tib koronavirus tashxisi qo‘yilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh vazir o‘zini yaxshi his qilmoqda va unda SOVID-19 alomatlari kuzatilmayapti. U masofadan turib ishlashda davom etmoqda. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyi oxirlarida Jonson koronavirusga chalingandi.

Oradan bir oy vaqt o‘tib, aprel oyi oxirlarida Bosh vazir ishga qaytgan

Angliyada koronavirus tarqalishi tezlashgani sababli 5 noyabrdan 2 dekabrgacha yangi cheklovlar amal qilishi e’lon qilingani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar 1,37 milliondan oshib ketgan. 51 ming 934 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS BORIS JONSON

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing