Koronavirus tarqalishining kutilmagan yo‘li aniqlandi

Olam

image

Janubiy Koreyalik olimlar koronavirus ko‘p qavatli uylardagi shamollatish tizimi orqali ham tarqalishini aniqladi. Bu haqda “Science Direct” portalida e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Koreya poytaxti Seulda turar-joy majmuasining turli qavatida yashovchi bir nechta oilaning bir vaqtda COVID-19 bilan kasallangani koreyalik olimlarning tadqiqot o‘tkazishiga sabab bo‘lgan.

Hisobotga ko‘ra, dastlab turar-joy uyining oltinchi qavatida yashovchi oilaning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Shundan so‘ng, to‘rt va beshinchi qavatlarda ham kasallik aniqlangan. Keyinchalik, o‘sha uyning o‘n va o‘n birinchi qavatlarida ham ushbu kasallik qayd etilgan.

Izlanish davomida kasallik yuqtirganlar bir-biri bilan aloqa qilmagani va ularning ikki nafari hatto liftdan ham foydalanmagani ma’lum bo‘lgan.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, barcha kvartiralar umumiy shamollatish tizimiga ulangani aniqlangan. Olimlarning fikriga ko‘ra, virus hammomdagi teshiklar orqali tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya koronavirus

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing