Koronavirus tarqalgan davlatlardan tranzit orqali O‘zbekistonga kelayotganlarga chora ko‘rilyaptimi?

Jamiyat

image
Italiyada 866 nafar o‘zbekistonlik bor, Italiyada koronavirus ham bor... north_east

Italiyada 866 nafar o‘zbekistonlik bor, Italiyada koronavirus ham bor...

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi kabi qator mutasaddi tashkilotlar, ularning hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga chetdan kirib kelishining oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan  vazifalar va belgilangan chora - tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, jahondagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘zbekistonga yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatish, bunda mutasaddi vazirlik va idoralarining yanada hushyorligini oshirish va tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 

Bo‘lib o‘tgan videoselektorda chegara-bojxona postlariga qo‘shimcha ravishda tegishli soha mutaxassislarini ajratib, ular tomonidan kasallik qayd etilgan mamlakatlar bilan bir qatorda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan fuqarolarni yashash manzillarini aniq belgilab, ularni uyda yoki yotoq joylarida 14 kunlik karantinga olish tadbirlari qat’iy olib borilayotganligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV Koronavirus

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing