Koronavirus: so‘nggi sutkada 1000 ga yaqin bemor aniqlandi
Jamiyat
−
06 avgust 2021
44252021 yil 5 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134826 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 974 kishida koronavirus aniqlangn.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 103 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 41 nafari Andijon viloyatida,
- 19 nafari Buxoro viloyatida,
- 110 nafari Jizzax viloyatida,
- 35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 21 nafari Navoiy viloyatida,
- 40 nafari Namangan viloyatida,
- 102 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 105 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 96 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 40 nafari Xorazm viloyatida,
- 110 nafari Toshkent viloyatida,
- 125 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 128 nafar,
- Buxoro viloyatida 22 nafar,
- Jizzax viloyatida 124 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 36 nafar,
- Navoiy viloyatida 30 nafar,
- Namangan viloyatida 20 nafar,
- Samarqand viloyatida 70 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 98 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 82 nafar,
- Xorazm viloyatida 73 nafar,
- Toshkent viloyatida 87 nafar,
- Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 128191 (+882) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 916 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi