Koronavirus: SSV yozning so‘nggi kunidagi kasallanish, o‘lim va sog‘ayish haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
31 avgust 2020
13522Bugun, 31 avgust kuni O‘zbekistonda 365 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent hamda Namangan viloyatlarida jami 456 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi