Koronavirus: SSV tunda aniqlangan holatlar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 130 nafarga oshib, 40953 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 88 nafari Toshkent viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 72 yoshli N.Sh. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli E.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 37947 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2701 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing