Koronavirus: sanatoriy va bolalar oromgohlariga boruvchilarga yangi talab qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli fuqarolarni dam olish maskanlariga qabul qilishda yangi talablar joriy qilinmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar fuqarolarni sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga qabul qilishdan oldin oxirgi 72 soat davomida topshirilgan PZR tahlili talab etilishi tartibi joriy etiladi.

Avvalroq, yo‘nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini ko‘rishi belgilangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, Afg‘oniston Islom Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

SSV koronavirus PZR

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing