Koronavirus sabab Superliga o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin

Sport

image

Dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan COVID-19 virusi O‘zbekistonga kirib kelgani rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

CoVID-19 virusi O‘zbekiston hududiga kirib kelganligi sababli, Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Oripov boshchiligida koronavirusga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Hukumat rahbari O‘zbekiston hududida barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinishi haqida ma’lum qildi. Katta ehtimol bilan O‘zbekiston futbol chempionati ham koronavirus sabab to‘xtatiladi. 

Bugun, 15 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston superligasi 3-turidan o‘rin olgan so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar 157 457 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5845 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 75 953 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan. 

Hozircha O‘zbekistonda bir nafar inson koronavirus yuqtirib olgani rasman tasdiqlandi.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Superliga Koronavirus

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing