Koronavirus sabab Nyu-York qamoqxonalaridan 900 nafar mahbus ozod qilindi
Olam
−
01 aprel 2020 6523 1 daqiqa
Nyu-York rahbariyati koronavirus xavfi tufayli qamoqxonalardan 900 nafar mahbusni ozod etdi. Bu haqda shahar meri Bill de Blazio ma’lum qilgan.
“Bizning qamoqxona tizimlarimizdan 900 nafar mahbus ozod etildi”, dedi u matbuot anjumanida.
De Blazio avvalroq “70 yoshdan oshgan va sog‘lig‘ida muammosi bor hech bir mahbus qamoqxonada qolmasligi kerakligini” ma’lum qilgan edi. Gap og‘ir jinoyatga qo‘l urganlar haqida bormayapti.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etganlar soni 1096 nafarga yetdi. Shtatning 41 771 nafar aholisi infeksiya yuqtirib olgan. 8549 bemor shifoxonalarga joylashtirilgan.
Avvalroq, BMT ekspertlari dunyo mamlakatlariga ozodlikdan mahrum qilingan mahbuslarni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar bergani haqida ma’lum qilgan edik.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28