Koronavirus sabab mahbuslarni vaqtincha ozod qilish kerak – BMT
Olam
−
31 mart 2020
11111Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari dunyo mamlakatlariga ozodlikdan mahrum qilingan mahbuslarni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Bunday shaxslarga tergov hibsxonalarida, qamoqxonalarda, ruhiy kasalliklar shifoxonalarida va muhojirlarni ushlab turish markazlarida saqlanayotganlar kiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari himoyachilariga ko‘ra, ushbu odamlar tegishli ma’lumot bilan ta’minlanish va tibbiy yordam olish huquqiga ega. BMTning Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha quyi qo‘mitasi a’zolari pandemiyada mahbuslar sonini kamaytirish kerakligini aytmoqda. Ularning taklifiga ko‘ra, xavfli bo‘lmagan jinoyatchilarni muddatidan oldin yoki vaqtincha ozod qilish, muhojirlarni ushlab turmaslik va gavjum bo‘lgan hibsxonalarni vaqtincha bo‘shatish zarur.
Tavsiyalarda barcha mahbuslar va ushlab turilganlar, yopiq tibbiy muassasalarning bemorlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, maxsus muassasalar xodimlari pandemiyaga qarshi barcha choralar to‘g‘risida ishonchli, aniq va dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerakligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi