Koronavirus sabab kontrakt to‘lash muddati uzaytiriladimi?
Jamiyat
−
17 mart 2020
10243Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi joriy yilning 20 martigacha etib belgilangan edi. Bu qayta ko‘rib chiqiladimi? Mazkur savol bilan bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidovga murojaat qilindi.
“Bunga ehtiyoj yo‘q, agar ehtiyoj paydo bo‘lsa, bu masala ko‘rib chiqiladi”, deydi Inom majidov javoban.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 martidan O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassalarida ta’til elon qilindi. Hozircha ta’til 14 kun davom etishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda poytaxt Toshkentdagi talabalar o‘z viloyatlariga yuborilmoqda. Jarayon ertaga, 18 mart kuni yakuniga yetadi.
LiveBarchasi