Koronavirus sabab qoldirilgan boks musobaqasiga yangi mezbon e’lon qilindi

Sport

image

Avvalroq, joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan litsenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 24 yanvar kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqaga mezbonlik qiladigan shahar nomini ma’lum qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan yuborilgan xatda ma’lum qilinishicha, Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy boks virus

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing