Koronavirus: Rossiya Turkiyani “quvib o‘tib”, dunyoda yettinchi bo‘lib turibdi
Olam
−
02 may 2020
6516Bugun, 2 may kuni Rossiya koronavirus tarqalishi bo‘yicha Turkiyani ortda qoldirib, dunyo bo‘yicha yettinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rossiyada bir sutkada yana 9623 kishida infeksiya aniqlangan. Natijada umumiy virus yuqtirganlar 124 054 nafarga yetdi. Turkiyada bu ko‘rsatkich 122 392 nafar. Ammo rasmiy Anqara hozircha shanbi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilmadi.
Rossiyada kasallanganlar keng ko‘lamda test o‘tkazish boshlangani hisobiga ko‘payayotgani aytilyapti. Hozirgacha mamlakatda koronavirusga 3,9 mlnta test o‘tkazilgan.
So‘nggi sutkada koronavirusdan 1793 bemor sog‘aygan va kasallikdan forig‘ bo‘lganlar jami 15 013 nafarga yetgan. Bu jami kasallanganlarning 12,1 foiziga teng. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya 14 foiz bemorlari sog‘aygan AQSHga yaqin turibdi. Ammo Amerikada virus yuqtirganlar milliondan ko‘pligini hisobga olsa, 14 foiz anchagina katta raqamni tashkil etadi.
LiveBarchasi