Koronavirus. Poytaxt Toshkentda vaziyat og‘irlashmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari kundan kunga ortib bormoqda. Kasallanganlar soni bo‘yicha poytaxt Toshkent ro‘yxat boshida turibdi. Toshkent shahrida koronavirus yuqtirish bo‘yicha joriy yildagi rekord kecha, 28 mart kuni yangilandi. Toshkentda bir kunda 164 nafar yangi bemor qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

28 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196 nafarga ortib, 82 536 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    1 nafari Andijon viloyatida,
•    5 nafari Buxoro viloyatida,
•    1 nafari Jizzax viloyatida,
•    3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    2 nafari Namangan viloyatida,
•    1 nafari Samarqand viloyatida,
•    2 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    14 nafari Toshkent viloyatida,
•    164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Andijon viloyatida 8 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
•    Toshkent viloyatida 15 nafar,
•    Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80667 (+144) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1243 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

806

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing