Koronavirus Markaziy Osiyo pul o‘tkazmalariga qanday ta’sir qiladi?

Olam

image
Rossiyada migrantlarni fuqarolarga tenglashtirish taklif qilindi north_east

Rossiyada migrantlarni fuqarolarga tenglashtirish taklif qilindi

Prognozlarga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi va karantin tadbirlari tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, 2020 yilda global pul o‘tkazmalari hajmi keskin kamayishini kutmoqda. Bu deyarli 20 foizni tashkil etishi mumkin. So‘nggi yillarda ushbu sezilarli pasayish asosan mehnat muhojirlari ish haqining pasayishi va ishdan mahrum bo‘lish hisobiga yuz beradi. Bu haqda Jahon banki ma’lum qildi.

“Pul o‘tkazmalari rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi. COVID-19 tufayli yuzaga kelgan retsessiya pulni uyga jo‘natish qobiliyatiga juda salbiy ta’sir qiladi“, deydi Jahon banki Prezidenti Devid Malpass.

Jahon banki faoliyat ko‘rsatadigan barcha mintaqalarda pul o‘tkazmalarining kamayishi kutilmoqda. Jumladan, Yevropa va Markaziy Osiyoda (27,5%), Sahroi Kabir Afrikasida (23,1%), Janubiy Osiyoda (22,1%), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada (19,6%), Lotin Amerikasi va Karib dengizida(19,3%) va Sharqiy Osiyo va Tinch okeani (13%) da ushbu jarayon yaqqol kuzatilishi ta’kidlanmoqda.

2019 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli darajada saqlanib qoldi. Bu deyarli 6 foizga o‘sib, 65 milliard AQSH dollariga yetdi. Ukraina eng katta pul o‘tkazmalarini oluvchi bo‘lib qoldi, u erda 2019 yilda yangi rekord qayd etildi. Mamlakat o‘tgan yili deyarli 16 milliard AQSH dollari qabul qilib oldi. Rossiyada iqtisodiy faoliyatning tiklanishi, ayniqsa, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kabi pul o‘tkazmalarining kelib tushishiga bog‘liq bo‘lgan iqtisodi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarning ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Biroq, prognozlarga ko‘ra, global koronavirus pandemiyasi fonida 2020 yilda neft narxining pasayishi tufayli pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 28 foizga kamayadi. Ushbu mamlakatlarga pul o‘tkazmalarining o‘rtacha miqdori 200 AQSH dollari bo‘lib turgan bo‘lsa, endi ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning birinchi choragida 6,67 foizga kamayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ishlayotgan muhojirlar uchun pantentlash 15 iyungacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo Koronavirus Pul o'tkazmalari

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing