Koronavirus – Xudo tomonidan yuborilgan jazo – Lukashenko

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi odamlarga ularning tabiatga e’tiborsiz munosabatda bo‘lgani evaziga jazo sifatida yuborilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko gapirgan

"Tabiatga nisbatan surbetlarcha munosabatda bo‘lganimiz uchun Xudo bizni koronavirus bilan jazolagan, deb o‘ylayman", degan u.

Siyosatchining fikriga ko‘ra, tabiat bilan uyg‘unlashmasa, insonlar nosog‘lom bo‘ladi, ularning farzandlari esa faqirlikda yashaydi.

Avvalroq Lukashenko koronavirusni iqtisodiy va siyosiy kasallikka aylanganini aytgandi

Shuningdek, u pandemiya tufayli dunyo maydonidagi yirik o‘yinchilar "dunyoni bo‘lib olishni boshladi", degan fikrni bildirgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Belarusda COVID-19’ga chalinganlar soni 203 mingdan oshgan. 1 ming 471 nafar bemor vafot etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing