Koronavirus xavfi: Koreya Prezidentining iste’fosi talab qilinyapti

Jamiyat

image

Janubiy Koreyada 1 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi samarali choralar ko‘rmagani uchun mamlakat Prezidenti Mun Chje Inning iste’foga chiqishi talab qilingan petitsiyani imzoladi. Mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da davlat rahbari ma’muriyati saytida joylashtirilgan hujjatni 1,017 mln odam imzolagan. Kecha ular 500 mingni tashkil qilayotgandi.

Petitsiyada Mun Chje In qattiq tanqid qilingan. Mun Chje In koronavirusning Janubiy Koreyaga kirmasligi uchun kerakli choralar ko‘rmagani, kirganidan keyin esa uni tarqalishining oldini olmagani aytilgan.

Fevral boshida e’lon qilingan petitsiyani imzolaganlar so‘nggi 2 kunda ko‘payib ketishi, odamlarning hukumatdan noroziligi ortib ketganini ko‘rasatadi, deb fikr bildirgan mahalliy ekspert.

Ayni vaqtda Janubiy Koreya koronavirus avj olgan ikkinchi hudud bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1595 nafar odamda koronavirus aniqlangan, 13 kishi halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Koreyada mamlakat Prezidenti ma’muriyati saytiga joylashtirilgan murojaat 200 mingdan ko‘p ovoz to‘plasa, hukumat unga munosabat bildirishga majbur. Mun Chje In iste’fosi bo‘yicha petitsiya 4 martdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishi kerak.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 48 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya va Ruminiyada aniqlandi.

Koronavirusdan bugungacha 2804 kishi halok bo‘ldi, 82 183 kishi virus bilan kasallandi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya virus

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing