Koronavirusni chetdan yuqtirib kelganlarga qanday chora ko‘riladi?

Jamiyat

image

Koronavirusni xorijdan yuqtirib kelganlarga qonuniy chora ko‘rilishi mumkinmi? Bu haqdagi savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

Koronavirus kasalligini chetda yuqtirib kelgan odamlarga qandaydir chora ko‘riladimi?

"Yo‘q. Kasallikni hech kim ataylab, qasddan yuqtirib kelmaydi. Shuning uchun qonunda ularga nisbatan chora ko‘rish belgilanmagan", deydi Otabekov

Kelgusida ham koronavirus singari boshqa kasalliklar bo‘yicha epidemiya yoki pandemiyalar bo‘lishi mumkinmi?

"Kelgusida boshqa kasalliklar sababli epidemiya yoki pandemiyalar bo‘lish yoki bo‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi, deydi Otabekov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha haqidagi so‘nggi rasmiy xabarda 46 nafar odamda kasallik aniqlangani ma’lum qilindi. Ularning barchasi kasallikni xorijda yuqtirgani aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing