Koronavirusdan sog‘ayganlar virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkinmi?
Salomatlik
−
26 may 2020
13349So‘nggi kunlarda koronavirusdan sog‘ayganlar virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu ma’lumotlar haqidagi savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.
Koronavirus kasalligidan sog‘aygandan keyin virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkinmi?
"Mumkin. Ammo bu qancha vaqt davom etishi hozircha noma’lum.
Viruslarga qarshi organizmda antitelalar ishlab chiqariladi. Agar antitelalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan va organizmda uzoq vaqt saqlanib turadigan antitelalar ustida ishlab chiqarilsa, unda immunitet umrbod saqlanishi mumkin. Sog‘aygan odamlarda mavjud virusning qoldiqlari, ba’zan musbat natija berishi mumkin", deydi Otabekov.
Xorijda koronavirusning davosi topilgani haqidagi gaplar rostmi?
Vaksina yaratiladi, albatta. Ammo bu uzoq jarayon. Agar hozir butun dunyo imkoniyatlarni boshqa vaksinalarni yaratishdan koronavirus uchun vaksinani yaratishga o‘tkazsa ham kerakli miqdordagi dozani ishlab chiqarishga 1,5-2 yil kerak, deydi Otabekov.
Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha dunyodagi epidemik vaziyat haqidagi kundalik ma’lumotlar haqqoniymi?
Haqqoniy. Kundalik ma’lumotlar Amerikaning Jon Xopkins universitetidan olinadi. Ushbu universitet ma’lumotlari aniq tadqiqotlarga asoslangan, deydi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3261 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 2607 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi