Karantin markazi va ikki hududda yangi bemorlar aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 217 nafarga oshib, 25 553 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 142 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun yurtimizning turli hududlarida jami 1 208 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 16 507 (+1 208) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 893 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing