Koronavirus qurbonlari 20 mingdan oshib ketdi. Dunyoda vaziyat qanday?

Olam

image
Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolovchi shifoxona foydalanishga topshiriladi north_east

Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolovchi shifoxona foydalanishga topshiriladi

Bugun, 26 mart holatiga dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 471 407 nafarga yetdi. Dunyoda virus yetib bormagan davlat deyarli qolmadi.

Dunyoda ushbu virusdan davolangan odamlar soni 114 051 nafarga yetdi. Koronavirusni yengolmay, halok bo‘lganlar 21 276 nafarni tashkil etyapti.

Virus bilan bog‘liq vaziyatni tezda nazoratga olib, epidemiyaga qarshi choralar ko‘rgan Xitoyda koronavirusga chalinganlarning ko‘payishi sezilarli kamaydi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 81 285 nafarni, undan halok bo‘lganlar 3287 nafarni tashkil etyapti.

Koronavirusning Yevropa va dunyoga tarqalishiga sabab bo‘lgan Italiyada vaziyat og‘irlashyapti. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 74 386 nafarga yetdi. Ularning 10,1 foiz yoki 7503 nafari kasallikdan vafot etdi. Italiya virusning o‘limlilik darajasi eng yuqori mamlakat bo‘lib turibdi.

AQSH ayni vaqtda virusning tarqalishi bo‘ycha uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Amerikada koronavirusga chalinganlar 65 778 nafarga yetdi. Qurbonlar soni 1041 nafarni tashkil etyapti.

Ispaniya ham Yevropada koronavirus pandemiyasining markaziga aylanib ulgurdi. Bu yerda virusga chalinganlar 49 515 nafarga, undan halok bo‘lganlar 3647 nafarga yetdi. Ispaniya ham virusning o‘limlilik darajasi bo‘yicha yuqori o‘rinda boryapti.

Germaniyada virusga chalinganlar soni ortib boryapti. Ayni vaqtda ular 37 323 nafarga yetdi. Italiya va Ispaniyadan farqli o‘laroq Germaniyada virusning o‘limlilk darajasi juda past. Bu yerda koronavirusga chalingan 296 kishi vafot etgan. Mamlakatda qator taqiqlov choralari joriy qilindi. Kafe, restoran, barlar mijozlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Ularga taomni yetkazib berishga ruxsat berildi. Maishiy xizmat ko‘rsatuvchi va turli salonlar yopildi. Ko‘chada 2 kishidan ko‘p bo‘lib yurish taqiqlandi.

Osiyoda Uzoq Sharq davlatlaridan keyin koronavirus eng avj olgan Eronda vaziyat o‘nglana boshladi. Eronda virus yuqtirganlar 27 017 nafarga yetdi. Ularning 2077 nafari halok bo‘ldi. Eronda ham virusning o‘limlilik darajasi yuqori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bemorlar soni 60 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda qariyb 30 ming kishi karantinga olingan

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

343

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing