Koronavirus Qora Afrikaga kirib bordi 

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Nigeriya davlatida ilk bor koronavirus aniqlandi. Bu Afrika qit’asida uchragan uchinchi holat hisoblanadi. Bu haqida Nigeriya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Sog‘liqni saqlash federal vazirligi Nigeriyaning Lagos shtatida koronavirusga chalinishning ilk holatini tasdiqladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Nigeriya davlati Jazoir va Misrdan so‘ng koronavirus kuzatilgan qit’aning uchinchi, Qora Afrikaning birinchi davlatiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Qora Afrika deb Sahroi Kabirdan janub tomonda joylashgan davlatlarga aytiladi. Qit’aning bu qismida yashovchi odamlar Shimoliy Afrika aholisidan o‘zlarining qora ranglari bilan ajralib turganliklari sabab, ular istiqomat qiladigan hududni "Qora Afrika" deb atashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing