Koronavirus qancha tibbiyot xodimining o‘limiga sabab bo‘lgani aytildi

Olam

image

Dunyoda kamida 115 ming nafar tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qilgan.  

“Hisobot hali to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa-da, kamida 115 000 nafar sog‘liqni saqlash xodimi boshqalarni himoya qilish uchun “tovon” to‘lagan deb o‘ylaymiz”, degan u. 

Gebreyesus, shuningdek, shifokorlarni haqiqiy qahramonlar deb atagan. Uning ta’kidlashicha, ko‘pincha tibbiyot xodimlarining asbob-uskunalar va dori-darmonlar yetishmayotgan sharoitda ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ularning ishiga ko‘p hollarda kam haq to‘lanadi.  

Avvalroq, Tedros Adhanom Gebreyesus dunyo “vaksinaviy aparteid” bosqichiga o‘tganini ma’lum qilgandi.   

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 167 579 949 kishiga yetgan. 3 479 587 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing