Koronavirus: ikki hududda aholi orasida kasallik chiqishda davom etyapti

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyun kuni O‘zbekistonda 97 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 85 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Toshkent shahrida), qolgan 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Bugun 116 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 85 nafari Toshkent shahridagi, 15 nafari Samarqand viloyatidagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Hozirda mamlakatda uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

953

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing