Koronavirus girdobida qolgan Hindistonda yana fojia yuz berdi

Olam 34409
image

Hindistonning g‘arbiy qismida joylashgan Gujarat shtatining Bharux shahridagi shifoxonada yong‘in yuz berdi. Yong‘in shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limida sodir bo‘lgan, natijada 18 nafar koronavirus bemorlari halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda "Hindistani Times". 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida o‘n ikki kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq odam mahalliy aholi va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan evakuatsiya qilingan. 

"Koronavirus bo‘limida davolanayotgan kamida 12 nafar bemor yong‘inda yoki zaharlanish sababli vafot etdi", deya ma’lumot bergan politsiya. 

Keyinchalik, "Press Trust of India" nashri qurbonlar soni 18 kishiga yetgani haqida xabar bergan. 

"6:30 da olingan ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 18 kishini tashkil qildi. Yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng darhol biz 12 kishining o‘lganini tasdiqlagandik", degan politsiya. 

Qutqarilgan barcha bemorlar boshqa tibbiy muassasalarga o‘tkazilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Hindistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli og‘ir epidemiologik vaziyat hukmronlik qilmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekordlar qayd etilmoqda. 

Koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha Hindiston dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda, virusdan o‘lim darajasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 19 mlndan oshgan. 211 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. So‘nggi sutka ichida mamlakatda 401 993 kishida koronavirus aniqlangan. Bu yangi jahon rekordi hisoblanadi.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1262
Reyting: 3
t
×